Foto: Prezident matbuot xizmati.
Paxta xomashyosining boshlangʻich narxi Nyu-York birjasidagi fyuchers kotirovkalaridan kelib chiqib belgilanadi.
“Paxta xomashyosini etishtirish va sotishda bozor mexanizmlarini qoʻllashni izchil davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF-7-son, 17.01.2025 y.) qabul qilindi.
Farmonga koʻra, 2025 yil paxta hosilidan:
- Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi kalendar yilining 1 noyabr kunida (2025 yil hosili uchun 1 fevralda) paxta tolasining Nyu-York birjasidagi fyuchers kotirovkalarining oxirgi 6 oydagi oʻrtacha kotirovkasidan kelib chiqqan holda kelgusi yil hosili uchun paxta xomashyosining boshlangʻich narxini (birinchi nav, ikkinchi sinf) aniqlab, Birjaning rasmiy veb-saytida e'lon qiladi;
- mulkchilik shaklidan qat'i nazar barcha paxta xomashyosi etishtiruvchi xoʻjaliklar va klasterlar hamda paxta xomashyosini qayta ishlash va ip-kalava ishlab chiqarish zanjiriga ega toʻqimachilik korxonalari oʻrtasida paxta xomashyosi etkazib berish boʻyicha oldi-sotdi (fyuchers, forvard va spot) shartnomalari Birjaning paxta xomashyosi sektsiyasida har bir hudud boʻyicha alohida oʻtkaziladigan savdolarda tuziladi;
- xoʻjaliklar hamda qayta ishlovchilar oʻrtasida tuziladigan shartnomalar tomonlarning erkin tanlovi asosida oʻtkaziladigan birja savdolari orqali xoʻjaliklar tomonidan etkazib berish muddatlarini hamda bir yoki bir nechta xaridorni mustaqil ravishda tanlash orqali rasmiylashtiriladi;
- Birjada barcha shartnomalar “Agroplatforma” axborot tizimi bilan integratsiya qilingan ma'lumotlar bazasida mavjud boʻlgan xoʻjaliklar va qayta ishlovchilar oʻrtasida tuziladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar