
Rossiyaning "Tatneft" kompaniyasi Toshkent viloyatining Angren shahrida quyosh energiyasi ishlab chiqarish loyihasini Hindistonning Universal Carbon Registry platformasida ro‘yxatdan o‘tkazdi. "Tatneft" matbuot xizmatiga ko‘ra, Angrendagi shina ishlab chiqarish zavodi tomlariga umumiy quvvati 0,33 MVt bo‘lgan quyosh elektr stansiyalari o‘rnatilgan.
Quyoshdan olinadigan energiya korxona tomonidan foydalaniladi va qisman hududiy tarmoqdan olinadigan, karbonat angidridni ko‘p miqdorda chiqaruvchi energiyani almashtiradi. Kompaniya hisob-kitoblariga ko‘ra, loyiha har yili issiqxona gazlari chiqindilarini taxminan 206 tonna CO₂ ekvivalentiga qisqartirish imkonini beradi.
"Tatneft" mazkur tashabbusni energetika sohasida yangi texnologik platformalarni joriy qilish va iqlim bo‘yicha hamkorlikning yangi shakllarini o‘rganish uchun strategik qadam sifatida baholamoqda.
Tatneft Angrenda quyosh energiyasi loyihasini ishga tushirdi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar