Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida 2018 yil 10 oktyabr kuni Vazirlar Mahkamasi va iqtisodiy idoralar rahbarlari ishtirokida mamlakatni joriy yil 9 oyida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish holati va yil yakunlari boʻyicha kutilayotgan natijalar muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtgani xabar qilingandi.
Qayd etilishicha, mamlakatda valyuta bozorining erkinlashtirilishi – iqtisodiyotda likvidlilik darajasi oshishiga hamda boʻsh pul mablagʻlarining muhim investitsiya va infratuzilma loyihalariga jalb etilishini taqozo qiladi.
Davlat rahbari Harakatlar strategiyasiga muvofiq, mamlakatda kapital bozorini rivojlantirish, xoʻjalik yurituvchi subyektlar, tijorat banklari va sugʻurta kompaniyalarining boʻsh mablagʻlarini muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirishga jalb qilish maqsadida qimmatli qogʻozlarni muomalaga chiqarish, shuningdek, joriy yilni muvaffaqiyatli yakunlash va barcha prognoz qilingan asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlarga erishishni taʼminlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berdi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston 2011 yilda qimmatli qogʻozlar chiqarishni toʻxtatdi. 1996 yildan 2011 yilgacha Moliya vazirligi umumiy qiymati 803 mlrd soʻmlik qimmatli qogʻozlar chiqargan, ularning oʻrtacha yillik qiymati 50 mlrd soʻmni tashkil qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda