2 820
Prezident: «O‘zbekistonni jadal islohotlar, ilm-ma’rifat va innovatsiya bilan rivojlangan mamlakatga aylantira olamiz»
O‘zbekistonni rivojlangan mamlakatga aylantirishni maqsad qilib qo‘ygan ekanmiz, bunga faqat jadal islohotlar, ilm-ma’rifat va innovatsiya bilan erisha olamiz. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning yangi parlamentiga murojaatnomasida to‘xtalib o‘tdi.
«Buning uchun, avvalambor, tashabbuskor islohotchi bo‘lib maydonga chiqadigan, strategik fikr yuritadigan, bilimli va malakali yangi avlod kadrlarini tarbiyalashimiz zarur. Shuning uchun ham, bog‘chadan boshlab oliy o‘quv yurtigacha, ta’limning barcha bo‘g‘inlarini isloh qilishni boshladik. Nafaqat yoshlar, balki butun jamiyatimiz a’zolarining bilimi, saviyasini oshirish uchun avvalo ilm-ma’rifat, yuksak ma’naviyat kerak. Ilm yo‘q joyda qoloqlik, jaholat va albatta to‘g‘ri yo‘ldan adashish bo‘ladi», deb ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasi to‘rtta teleradiokanal, beshta telekanal, 12 ta hududiy teleradiokompaniya, shuningdek, beshta nodavlat telekanal hamda Prezident matbuot xizmatining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish qilinmoqda.
Shavkat Mirziyoyev prezident sifatida 2017 va 2018 yillarda parlamentga murojaatnoma yo‘llagan. Bu yilgi murojaat tartib bo‘yicha uchinchisi bo‘lib, u yangidan shakllangan parlamentga qaratilgani bilan ham ahamiyatlidir.
Tadbirda Oliy Majlis Senati a’zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari qatnashmoqda. Jarayonni videokonferensiya aloqa tizimi orqali xalq deputatlari tuman, shahar va viloyatlardagi mahalliy kengashlarga saylangan deputatlar, shuningdek, ijro hokimiyati va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlari, nodavlat tashkilotlar va jamoatchilik vakillari to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatib borishmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi