15:30 / 09.03.2021
3 285

«O‘zgidromet» haftalik ob-havo to‘g‘risida ma’lumot berdi

«O‘zgidromet» haftalik ob-havo to‘g‘risida ma’lumot berdi
«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, faqat Kavkaz hududlaridan shimoliy hududlarga bulutli massivlar kiradi, bunda Qoraqalpog‘iston, Xorazm viloyatining ba’zi joylarida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin va havo harorati 9-14 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Ertaga frontal zona o‘tishida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Faqat Qoraqalpog‘iston, Xorazm viloyatida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati kechasi 7-12 daraja, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Payshanba kuni respublika hududining ko‘p qismida yomg‘ir kuzatilmaydi, faqat Surxondaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarining ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, Toshkent viloyatida ba’zi joylarda kechasi va ertalab biroz yomg‘ir yog‘adi. Havo harorati 12-17 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Juma kuni O‘zbekiston hududining ko‘p qismida quruq va iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati kunduz kuni 20-22 daraja issiqqacha ko‘tariladi. Faqat shimoliy hududlarda ob-havo o‘zgarishni boshlaydi. Qoraqalpog‘iston, Xorazm viloyatining ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati shimoliy hududlarda 2-7 daraja iliqqacha pasayadi.

O‘zbekistonning tog‘li hududlarida ushbu davrga qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » «O‘zgidromet» haftalik ob-havo to‘g‘risida ma’lumot berdi