23:50 / 15.08.2024
174

O‘zbekiston Kubogining yarim finaliga qur’a tashlandi

O‘zbekiston Kubogining yarim finaliga qur’a tashlandi
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Kubogining yarim finaliga qur’a tashlandi. Unga ko‘ra, “Navbahor” “Paxtakor”ga qarshi, o‘z tarixida ilk bor yarim finalga chiqqan “Andijon” esa “Surxon”ga qarshi bahs olib boradi.

Foto: PFL
Kubokning yarim final bahslari 30 avgust kuni bir vaqtda, ya’ni 19:00 da start oladi.

Eslatib o‘tamiz, “Paxtakor” chorak finalda “Bunyodkor”ni mag‘lub etib, yarim finalga chiqqandi. “Navbahor” esa “So‘g‘diyona”dan ustun kelgan, “Andijon” “Qizilqum”ni yirik hisobda taslim etgandi. Yana bir chorak final bahsida “Surxon” “Xorazm”ni qoldirib ketgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston Kubogining yarim finaliga qur’a tashlandi