Uchqun Tillayevga muddatidan avval polkovnik maxsus unvoni berildi

O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining buyrug'i bilan Tillaev Uchqun Turaevichga muddatidan avval polkovnik unvoni berildi. U 2026 yilda ichki ishlar organlarida xizmat qilganiga 20 yil to'lishini ta'kidlab, bu unvonni olishdan juda xursand ekanligini bildirdi. Unvon Madiyat saroyida "Ma'naviyat va ma'rifat soati" tadbirida tantanali ravishda topshirildi. Tillaev, kelajakda ham yurt va xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishga va'da berdi.
O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining tegishli buyrug’i bilan O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan artist Tillayev Uchqun Turayevich (IIV Madaniyat saroyi boshlig’i)ga rag’batlantirish tariqasida muddatidan avval polkovnik maxsus unvoni berildi.
"Mana bugun men uchun quvonchli kun. Ichki ishlar organlarida xizmat qilayotganimga 2026 yil, bu yil to'liq 20 yil bo'ladi. Vazirlik tizimidagi bir qator bayram tadbirlarida, davlat tadbirlarida faol ishtirok etib kelayotganim uchun bugun menga rag'batlantirish maqsadida navbatdagi polkovnik unvoni nasib qildi. Men bundan juda ham xursandman. Xudo xohlasa polkovnik unvonini oqlab, bundanda yaxshiroq yurtimizga, xalqimizga va prezidentimizga sadoqat bilan xizmat qilaman", dedi aktyor.
Unvon Madaniyat saroyida bo’lib o’tayotgan navbatdagi “Ma’naviyat va ma’rifat soati”da tantanali topshirildi.





























Izohlar 0
…