
Yaqinda bo‘lib o‘tgan Dmitriy Bivol va Artur Beterbiyev o‘rtasidagi revanshdan so‘ng ko‘pchilik trilogiyani kutayotgan edi. Biroq WBC tashkiloti Bivolga kamarini himoya qilish uchun boshqa raqib topdi.
Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, Devid Benavides Dmitriyning keyingi raqibi bo‘lish ehtimoli katta. Chunki amerikalik charm qo‘lqop ustasi yarim og‘ir vazndagi chempionlik unvoni uchun majburiy da’vogar sanaladi.
Eslatib o‘tamiz, Bivol va Beterbiyev o‘rtasidagi ikkinchi jangda Dmitriy ochkolar bo‘yicha g‘alabani qo‘lga kiritib, mutlaq jahon chempioniga aylangan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar