Atletiko va Arsenal YCHL yarimfinalida durang o'ynadi

UEFA Chempionlar ligasining yarimfinal bosqichi doirasida «Atletiko» hamda «Arsenal» jamoalari o'rtasidagi dastlabki uchrashuv yakunlandi. Madridda bo'lib o'tgan bahsda jamoalar 1:1 hisobidagi durang natijani qayd etishdi.
O'yinning 44-daqiqasida «Arsenal» hujumchisi Viktor Djekeresh penaltini aniq amalga oshirib, hisobni ochdi. Ikkinchi bo'limning 56-daqiqasida esa mezbonlar vakili Xulian Alvares 11 metrlik jarima zarbasidan unumli foydalanib, muvozanatni tikladi.
Statistik ma'lumotlarga ko'ra, «Atletiko» darvoza tomon 14 bor zarba yo'lladi, shulardan 5 tasi aniq chiqdi. Londonliklar esa 8 ta zarba bilan javob qaytarishdi.
To'pga egalik qilish bo'yicha mezbonlar 51 foiz ko'rsatkich bilan kichik ustunlikka ega bo'lishdi.
Uchrashuv davomida «Atletiko» futbolchilari 495 ta pas uzatgan bo'lsa, «Arsenal» a'zolari 479 ta uzatmani amalga oshirdi. Mehmonlar pas aniqligi bo'yicha 89 foiz natija bilan raqiblaridan o'zib ketishdi.
Endi jamoalar javob o'yinida final yo'llanmasi uchun kurashni davom ettirishadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!