
O‘zbekiston kubogi 1-turidan o‘rin olgan "Nasaf" - "Navoiy FA" (5:1) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.
O‘yin haqida
- Biz bugungi o‘yin orqali futbolchilarga motivatsiya berishga harakat qildik. Yetakchi futbolchilarni o‘yinga jalb etganimizning sababi ham shu. Shuningdek, yosh futbolchilarga ham katta tajriba bo‘ldi. Biz kubokdagi maqsadimizni amalga oshirish uchun navbatdagi tur o‘yinlarida o‘zimizni ko‘rsatishimiz kerak. Navbatdagi bosqich masalasi navbatdagi tur o‘yinlarida qayd etadigan natijalarimizga bog‘liq.
- Cheranni 70-daqiqadan keyin o‘yinga qo‘shilishi hisobni yiriklashtirish maqsadiga qaratilganmidi?
- Bu haqida aytdim, biz bugun g‘alabaga ishongandik. Bu orqali yosh futbolchilarga, butun jamoaga yaxshi kayfiyat taqdim etmoqchi edik.
- Raqibning golida kimning xatosi bo‘ldi deb o‘ylaysiz?
- Buni video takror orqali qarab chiqish kerak. Bunda himoyachilar va darvozabon o‘rtasidagi tushunmovchilik yuz berdi deb o‘ylayman. Himoyachilar hujumchini oldinga chiqishiga imkon berib qo‘yishdi.
- O‘tgan mavsum boshida "Nasaf"ning asosiy maqsadi chempionlik edi. Bu yil kubokdagi maqsad qanday?
- Bizda yaxshi tarkib bor. Yigitlarga ishonamiz. Har bir musobaqada maksimal harakat qilishga kuchimiz yetarli deb o‘ylayman. Biz chempionlikni himoya qilishimiz, xalqaro maydonda munosib ishtirok etishimiz kerak. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!