Bavariya yozgi transferlar bo‘yicha ilk kelishuvga erishdi

1 daqiqa o'qish7K
Bavariya yozgi transferlar bo‘yicha ilk kelishuvga erishdi

Bavariya yozgi transfer oynasi uchun o‘zining ilk xaridini deyarli yakunladi. Klub Gambino Stars Africa akademiyasidan ijaraga olingan yosh yarim himoyachi Bara Sapoko Ndiayeni to‘liq transfer qilishga qaror qildi. 18 yoshli futbolchi kelasi mavsumdan boshlab asosiy jamoa tarkibiga jalb etilishi kutilmoqda. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Ushbu transfer tashabbuskori bosh murabbiy Vincent Kompany hisoblanadi. Mutaxassis futbolchini Grasshoppers Zurich jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida payqab qolgan va uning iqtidoriga yuqori baho bergan. Ndiaye 2025-yil davomida Bavariya zaxira va U19 jamoalari bilan mashg‘ulotlarda qatnashib, o‘zini ko‘rsatishga muvaffaq bo‘ldi.

Aprel oyi o‘rtalarida Bundesligadagi debyutini nishonlagan yosh futbolchi, jarohatlarga qaramay, allaqachon to‘rt marta maydonga tushishga ulgurdi. Sport direktori Christoph Freund futbolchining jamoaga tez moslashganini ta’kidlab, uning maydondagi va kiyinish xonasidagi ijobiy ta’sirini alohida e’tirof etdi.

Vincent Kompany Ndiayening tezlik ko‘rsatkichlaridan hayratda ekanini yashirmadi. Mashg‘ulotlar davomida futbolchi soatiga 36 km tezlik qayd etib, klub rekordini o‘rnatdi. Murabbiy uning kelajagi porloq ekaniga va jamoa o‘yiniga katta foyda keltirishiga ishonch bildirmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?