Ispaniya chempionati, 28-tur anonsi. Markaziy o‘yin — «Barselona» - «Real» Madrid

Kecha Ispaniya chempionatining 28-tur
uchrashuvlariga start berildi. Unda bitta o‘yin o‘tkazildi. "Elche" jamoasi
o‘z maydonida "Valensiya"ga yirik hisobda yengildi.
Qolgan o‘yinlar bugun va ertaga bo‘lib o‘tadi.
Jumladan, bu turda Madridning "Atletiko" jamoasi muxlislari qarshisida "Xetafe"ni kutib oladi. Uchinchi o‘rin uchun kurashayotgan madridliklar g‘alaba qozonishlari shart bo‘ladi.
"Sevilya" jamoasi safarda "Vilyarreal" mehmoni bo‘ladi. Bu klub ham EChLga "ilinish" uchun harakat qilmoqda.
Bu turda yana nima bo‘lishini yaxshi bilasiz. Ha, 28-tur dunyoga mashhur "klasiko" bo‘lib o‘tadi.
Kataloniya poytaxti hozirgi kundagi
dunyoning eng kuchli ikki klubi - "Barselona" hamda "Real" klublari
o‘rtasidagi o‘yinni dunyo ommasiga taqdim etadi. Mazkur futbol bayramini
millionlab muxlislarning kuzatishi kutilmoqda. natijani hech kim oldindan
aniq aytib bera olmasa kerak.
Ushbu tur anonsi bilan tanishing:
| 28-tur | ||||
| 21.03.2015 | ||||
| 00.45 | Elche | 0 - 4 | Valensiya | |
| 20.00 | Atletiko Madrid | - | Xetafe | |
| 22.00 | Rayo Valekano | - | Malaga | |
| 22.03.2015 | ||||
| 00.00 | Levante | - | Selta | |
| 02.00 | Granada | - | Eybar | |
| 02.00 | Atletik Bilbao | - | Almeriya | |
| 16.00 | Deportivo | - | Espanol | |
| 21.00 | Vilyarreal | - | Sevilya | |
| 23.00 | Real Sosedad | - | Kordova | |
| 23.03.2015 | ||||
| 01.00 | Barselona | - | Real Madrid | |