date

O‘zbekiston va Xitoy kosmik hamkorlikni kengaytiradi

Uzcosmos agentligi rahbariyati Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb uzdaily.uz xabar berdi.

Uchrashuv davomida tomonlar kosmik sohadagi hamkorlikni rivojlantirish va ushbu texnologiyalarni iqtisodiyotga joriy etish masalalarini muhokama qildi. Asosiy e’tibor amaliy yechimlar va innovatsion yondashuvlarga qaratildi.

Muzokaralarda turli tarmoqlarda kosmik texnologiyalardan foydalanish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish, malakali kadrlar tayyorlash hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Tomonlar Xitoyning kosmik sohadagi ilg‘or tajribasi O‘zbekiston uchun texnologik taraqqiyotni tezlashtirishda yangi imkoniyatlar yaratishini ta’kidladi.

Shuningdek, kosmik texnologiyalar qishloq xo‘jaligida hosildorlikni aniq prognoz qilish, suv resurslarini samarali boshqarish, ekologik monitoringni kuchaytirish va shaharsozlik rejalashtirishni takomillashtirishga xizmat qilishi qayd etildi.

Bundan tashqari, uchrashuvda prezident tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan loyihalar, jumladan, birinchi ilmiy sun’iy yo‘ldoshni uchirish va milliy kosmonavtni tayyorlash masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar ushbu yo‘nalishlardagi hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha fikr almashdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston va Xitoy kosmik hamkorlikni kengaytiradi