date

Erkaklarga ham dekret ta’tili berilishi taklif qilinmoqda


Oliy Majlis Qonunchilik palatasida mehnat munosabatlarini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi ko‘rib chiqildi. Unga ko‘ra, endi ishlovchi erkaklarga farzandli bo‘lganida qisqa muddatli ta’til berish tartibini joriy etish taklif etilmoqda.

Yangi tartibga ko‘ra, otalar turmush o‘rtog‘iga yordam berish va farzandlar parvarishi bilan shug‘ullanish maqsadida qisqa vaqtli “dekret” ta’tili olishi mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, qonun loyihasida norasmiy bandlikni kamaytirishga ham alohida e’tibor qaratilgan. Jumladan, mehnat shartnomasisiz ishga qabul qilish, bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot bermaslik va oylik maoshni kechiktirish uchun javobgarlik kuchaytirilishi ko‘zda tutilgan.

Hujjatda ishga qabul qilish jarayonini soddalashtirish ham nazarda tutilmoqda. Endi asosan shaxsiy identifikatsiya raqami orqali ishga qabul qilish amaliyoti joriy etilishi, ortiqcha hujjatlar qisqartirilishi belgilanmoqda.

Bundan tashqari, mehnat munosabatlarini raqamlashtirish, elektron hujjatlarning yuridik kuchini oshirish, shuningdek ish joyida tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi choralarni kuchaytirishga qaratilgan normalar ham kiritilgan.

Muhokamalar yakunida mazkur qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda ma’qullandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Erkaklarga ham dekret ta’tili berilishi taklif qilinmoqda