date

Og‘ir astma erta o‘lim xavfini ikki barobar oshiradi

Og‘ir astma erta o‘lim xavfini ikki barobar oshiradi

Karolinska instituti olimlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot og‘ir astmaning inson salomatligiga jiddiy xavf tug‘dirishini ko‘rsatdi. Ilmiy xulosalar European Respiratory Journal nashrida e’lon qilingan.

Tadqiqot davomida 11 mingdan ortiq astma bilan og‘rigan bemorlar 20 yil mobaynida kuzatilgan. Natijalarga ko‘ra, kasallikning og‘ir shakliga chalinganlar orasida o‘lim ko‘rsatkichi 34 foizga yetgan. Yengil va o‘rtacha holatlarda esa bu raqam taxminan 20 foizni tashkil qilgan.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, og‘ir astma erta o‘lim ehtimolini qariyb ikki barobarga oshiradi. Biroq kasallikning o‘zi kam hollarda bevosita o‘lim sababi bo‘ladi — asosiy xavfni hamroh kasalliklar keltirib chiqaradi.

Olimlar izohiga ko‘ra, astmada organizmda kuchli yallig‘lanish jarayoni yuzaga keladi. Bu esa qon tomirlari faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, ularning elastikligini pasaytiradi va qon aylanishini izdan chiqaradi. Natijada infarkt, insult va tromboz xavfi ortadi.

Bundan tashqari, og‘ir astma bilan og‘rigan bemorlarda onkologik kasalliklar rivojlanish ehtimoli ham yuqori bo‘ladi. Tez-tez kuzatiladigan xurujlar nafas olish va yurak-qon tomir tizimiga ortiqcha yuklama beradi.

Mutaxassislar qayd etishicha, og‘ir astma barcha bemorlarning atigi 3–8 foizida uchraydi. Shunga qaramay, aynan shu toifa doimiy tibbiy nazoratni talab qiladi, chunki ular asoratlar xavfiga nisbatan ancha zaif hisoblanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Salomatlik » Og‘ir astma erta o‘lim xavfini ikki barobar oshiradi