date

Abduqodir Xusanov ilk bor Manchester City safida maydonga tushadi


Manchester City bosh murabbiyi Pep Gvardiola Ligalar Kubogi doirasidagi Swansea Cityga qarshi o'yinda o'zbekistonlik Abduqodir Xusanov ishtirok etishini tasdiqladi. "Xusanov tayyor, u ertaga bir necha daqiqa maydonga tushadi", — dedi Gvardiola matbuot anjumanida.

Mazkur o'yin 29-oktabrdan 30-oktabrga o'tar kechasi soat 00:45da, Toshkent vaqti bilan, bo'lib o'tadi. Bu Abduqodir Xusanov uchun Manchester City tarkibida birinchi rasmiy o'yin bo'lishi mumkin.

U avvalroq uzoq muddatli reabilitatsiya kursini yakunlagan edi. Shu bilan birga, Gvardiola Erling Holandning jarohat olgani va uning o'yinda ishtiroki hozircha noma'lumligini ham ma'lum qildi.

Shuningdek, Rodri hali to'liq tiklanmagan bo'lsa-da, mashg'ulotlarni boshlaganini qo'shimcha qildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Abduqodir Xusanov ilk bor Manchester City safida maydonga tushadi