Nilufar va Jamshidning “Sodda” dueti qalblarni rom etdi (audio)

Avval xabar berganimizdek, Nilufar Usmonova va Jamshid Bobojonov ijrosidagi “Sodda” nomli yangi tarona 27 yanvar kuni YouTube platformasida premyera qilingan edi. Ayni paytda ushbu qo‘shiqni to‘liq tinglash mumkin.
Mazkur taronaning so‘zlari va musiqasi muallifi — Eldor Qayumov. Asarda ba’zan eng katta baxt eng oddiy va samimiy tuyg‘ularda yashiringani kuylanadi. Qo‘shiq ikki qalb o‘rtasidagi mehr, sog‘inch va samimiy tuyg‘ularni tarannum etadi.
Nilufar Usmonova va Jamshid Bobojonovning yoqimli hamda bir-biriga uyg‘un ovozlari kompozitsiyaga o‘zgacha joziba bag‘ishlagan. “Sodda” shunchaki qo‘shiq emas, balki bir-birini sevgan ikki yurakning samimiy dil izhoridir.
Tarona jarang sochar ekan, tinglovchi hayotning go‘zalligi uning soddaligida ekanini his etadi va qalbi orom topadi. Ushbu duet esa sizni yorqin va beg‘ubor xotiralar sari yetaklaydi.
Qisqa vaqt ichida “Sodda” taronasi qariyb 6 mingga yaqin tinglanib, 100 dan ortiq samimiy va iliq izohlarga sabab bo‘ldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!