date

Ertaga havo harorati ko‘tariladimi?

Ertaga havo harorati ko‘tariladimi?

“O‘zgidromet” 2 fevral, dushanba kuni qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi. Ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi, tuman tushishi ehtimoli bor.

Toshkent shahri

Poytaxtda havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir kuzatiladi. Harorat kechasi 5–7 daraja iliq, kunduzi 13–18 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq, kunduzi 6–11 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Buxoro va Navoiy viloyatlari

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ayrim nuqtalarda yomg‘ir yog‘ishi, tuman tushishi ehtimoli saqlanadi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 4–9 daraja iliq, shimoliy cho‘l hududlarida ba’zi joylarda 0–2 daraja sovuq, kunduzi 11–16 daraja iliq, shimoliy cho‘l hududlarida ayrim joylarda 6–11 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 4–9 daraja iliq, kunduzi 11–16 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi, tuman tushishi ehtimoli bor. Harorat kechasi 6–11 daraja iliq, kunduzi 11–16 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq, kunduzi 8–13 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlari

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda qor yog‘ishi, tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ayrim nuqtalarda yaxmalak kuzatilishi ehtimoli bor. Qor ko‘chishi xavfi saqlanadi. Harorat kechasi 0–5 daraja sovuq, kunduzi 0–5 daraja iliq bo‘ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Ertaga havo harorati ko‘tariladimi?