Nilufar Usmonova va Jamshid Bobojonovdan kutilgan premyera

Xonanda Nilufar Usmonova va aktyor Jamshid Bobojonov ijro etgan “Sodda” nomli yangi tarona bugun, 27 yanvar kuni soat 18:00 da eksklyuziv tarzda premyera qilinadi. Ushbu kutilayotgan ijodiy ish san’at ixlosmandlari orasida allaqachon katta qiziqish uyg‘otdi.
Muxlislar ijtimoiy tarmoqlardagi izohlarda ushbu taronani uzoq vaqtdan beri intiqlik bilan kutishganini yozib qoldirishmoqda. Ko‘pchilik Nilufar Usmonova va Jamshid Bobojonovni birgalikda ijod qilganini ko‘rishdan mamnun ekanini bildirib, ularning ovozi va obrazlari bir-biriga juda mos kelishini ta’kidlashmoqda.
Shuningdek, muxlislar bu ijodiy tandemdan nafis, samimiy va esda qolarli tarona kutishayotganini yashirmayapti. Premyera sanasi yaqinlashar ekan, “Sodda” qo‘shig‘iga bo‘lgan qiziqish tobora ortib bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!