Superkompyuter nima deyapti: Chempionlar Ligasi favoritlari e’lon qilindi

Superkompyuter nima deyapti: Chempionlar Ligasi favoritlari e’lon qilindi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Opta superkompyuteri YECHL-2025/26da “Arsenal”ni 30,6 foizlik ehtimol bilan chempionlikning asosiy favoriti deb baholadi.
  • “Bavariya”
  • 15 foiz bilan ikkinchi, “Manchester Siti” esa 11 foiz bilan uchinchi o‘rinni egalladi.
  • “Real”ning g‘alaba qozonish ehtimoli 1,7 foiz deb baholanib, jamoa reytingda 8-o‘rindan 12-o‘ringa tushdi. Qolgan jamoalarning imkoniyati 1 foizdan kam deb hisoblangan.

Chempionlar Ligasining pley-off bosqichi uchun qur’a tashlash marosimi o‘tishi bilan statistika va modellar ham “yangi hisob-kitob” rejimiga o‘tdi. Opta superkompyuteri ham qur’a natijalaridan keyin o‘z prognozini qayta yangiladi va turnirga oid eng qiziq trendlarni ochiqladi.

Eng katta yangilik shuki, “Arsenal” 30,6 foizlik ehtimol bilan chempionlik uchun asosiy da’vogar maqomini yanada mustahkamladi. Ya’ni Opta hisobicha, London klubi hozircha raqiblardan bir bosh ustun ko‘rinayotgan favorit. Ikkinchi o‘rinda “Bavariya” (15%), kuchli uchlikni esa “Manchester Siti” (11%) yakunlab bergan.

Muxlislar uchun eng muhokamali nuqta esa “Real” bilan bog‘liq. Opta talqiniga ko‘ra, madridliklar favoritlar o‘nligidan chiqib ketgan. “Qirollik klubi”ning g‘alaba qozonish ehtimoli 1,7% deb baholanib, jamoa 8-o‘rindan 12-o‘ringa tushib qolgan. Qisqasi, qur’a va umumiy vaziyat “Real”ning reytingdagi pozitsiyasiga qattiq ta’sir qilgan.

Opta versiyasi bo‘yicha EChL-2025/26 g‘olibligiga da’vogarlar:

1. “Arsenal” — 30,6%

2. “Bavariya” — 15%

3. “Manchester Siti” — 11%

4. “Liverpul” — 8,8%

5. “Chelsi” — 7,3%

6. “Barselona” — 7,2%

7. PSJ — 4,9%

8. “Nyukasl” — 3,2%

9. “Inter” — 2,6%

10. “Tottenxem” — 2,3%

11. “Sporting” — 1,8%

12. “Real” — 1,7%

Qolgan jamoalarning imkoniyati 1 foizdan kam, ya’ni ular Opta hisob-kitobida “katta syurpriz” ssenariysiga kiradi.

Bir narsa aniq: pley-offda “nom” emas, “forma” hal qiladi. Opta raqamlari muxlislarni qiziqtirsa-da, maydondagi bitta xatoning narxi millionta prognozdan qimmat. Endi eng qizig‘i shu — bu statistik kartina haqiqatga qay darajada aylanadi?

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar