date

Abduqodir Husanovning «Tottenhem»ga qarshi o‘yini qanday baholandi?

Abduqodir Husanovning «Tottenhem»ga qarshi o‘yini qanday baholandi?

Angliya Premer-ligasining 24-tur bahslari yana bir qiziqarli to‘qnashuv bilan davom ettirildi. Turning eng ko‘p kutilgan o‘yinlaridan birida Xosep Gvardiola boshchiligidagi «Manchester Siti» Londonga safar qilib, «Tottenxem» maydonida kuch sinashdi.

Uchrashuv tengma-teng kurashlar, qattiq bosim va yuqori temp ostida o‘tdi. Jamoalar bir-biriga imkoniyat qoldirmaslikka harakat qildi, natijada bellashuv durang bilan yakunlandi. Muxlislar uchun bu o‘yindagi yana bir muhim detal — O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanovning ishtiroki bo‘ldi.

Hamyurtimiz bahsni asosiy tarkibda boshladi va oxirgi daqiqagacha maydonda qoldi. Husanov himoyada ishonchli harakat qilib, jamoasining murakkab safar o‘yinida barqarorlik saqlashiga hissa qo‘shdi. Uning o‘yinini tahlilchi platformalar ham baholab chiqdi: SofaScore ekspertlari 6,8 ball qo‘ygan bo‘lsa, FotMob 7,2 ball bilan yuqoriroq baholadi, Flashscoreda esa ko‘rsatkich yana 6,8 sifatida qayd etildi.

Mazkur durangdan keyin «shaharliklar» ochkolarini 47 taga yetkazib, turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda qoldi. Chempionlik poygasida har bir ochko oltinga teng bo‘layotgan paytda, bu kabi safardagi durang ham katta ahamiyat kasb etadi.

Qisqasi, «Siti» uchun navbatdagi qiyin safarida muhim ochko, Husanov uchun esa to‘liq 90 daqiqalik amaliyot va yana bir tajriba — bu mavsum uning o‘sishi uchun “jivoy shkola” bo‘lyapti.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Abduqodir Husanovning «Tottenhem»ga qarshi o‘yini qanday baholandi?