date

O‘zgidromet tezkor ogohlantirish berdi

O‘zgidromet tezkor ogohlantirish berdi

“O‘zgidromet” 27–30-yanvar kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratidagi keskin o‘zgarishlar sababli mamlakatning qator tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi mavjudligini ma’lum qildi.

Mutaxassislar ogohlantirishicha, ushbu kunlarda quyidagi hududlarda ehtiyot choralarini kuchaytirish talab etiladi:

Qashqadaryo viloyatida — Dehqonobod, Kitob, Qamashi va Shahrisabz tumanlarida.
Surxondaryo viloyatida — Boysun, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo hamda Uzun tumanlarida.
Samarqand viloyatida — Nurobod, Qo‘shrabot, Samarqand va Urgut tumanlarida.
Jizzax viloyatida — Baxmal va Zomin tumanlarida.
Toshkent viloyatida — Bo‘stonliq, Parkent va Ohangaron tumanlari, xususan Chotqol tizmasi hududlarida.
Namangan viloyatida — Pop tumanida.

Sinoptiklar tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi aholi, dam oluvchilar hamda ushbu yo‘nalishlarda harakatlanuvchi haydovchilarni albatta ehtiyotkor bo‘lishga, zaruratsiz safarlarni cheklashga va xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishga chaqirmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ob-havodagi beqarorlik saqlanib qolishi mumkin, shu bois rasmiy ogohlantirishlarga e’tiborli bo‘lish muhim sanaladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zgidromet tezkor ogohlantirish berdi