Durdona Qurbonova Imron bilan klipdagi kelishmovchilikni ochdi (video)

Aktrisa Durdona Qurbonova va xonanda Imron Navo telekanalida namoyish etiladigan “Xush kelibsiz” dasturida birga mehmon bo‘lishdi. Samimiy suhbat davomida boshlovchi aktrisadan Imron bilan suratga tushgan kliplaridan qaysi biri unga yoqqan va yoqmagan, ko‘rishni istamagan sahnalari bor-yo‘qligi haqida so‘radi.
Durdona Qurbonovaning aytishicha, u biror klipni yoqtirmasligini aytolmaydi. Aksincha, barcha ishlarni yaxshi ko‘rishini ta’kidladi. Biroq “Hech kimga bermay sevaman” qo‘shig‘iga olingan klip jarayonida kichik tushunmovchilik yuzaga kelganini yashirmadi.
“Men o‘sha klipda quchoqlashish sahnasi bo‘lmasligini so‘raganman. Rejissyor esa bu epizod klip uchun juda muhim, u holda mazmun to‘liq ochilmasligini aytgan. Shu sababli, majburiy tarzda bo‘lsa-da, rolni ijro etganman”, — deydi aktrisa.

Uning so‘zlariga ko‘ra, rejissyor Ikrom aka vaziyatni ham menga, ham Imron akaga alohida tushuntirib, klip orqali muhabbat hissini tomoshabinga yetkazish kerakligini ta’kidlagan.
“Umuman olganda esa, ijodiy natijadan juda mamnunman. Bu klipni hozir ham yaxshi ko‘raman”, — deya so‘zini yakunladi Durdona Qurbonova.