date

Humo O‘zbekiston ochiq chempionatida mag‘lub bo‘ldi


2025–2026-yilgi mavsum uchun O‘zbekiston ochiq xokkey chempionati Bishkek shahrida boshlandi. Musobaqada beshta jamoa ishtirok etmoqda: uchtasi o‘zbekistonlik (Humo, Sherdor va Binokor) hamda ikkitasi qirg‘izistonlik (Alga va Uchur).

Toshkentning Humo jamoasi uchun dastlabki o‘yin muvaffaqiyatsiz yakunlandi – 5:7 hisobida mag‘lubiyat. O‘yinning ilk daqiqalaridan Humo jamoasi hisobni quvib yetishga majbur bo‘ldi.

Uchur jamoasi o‘yinni faol boshladi va debyutiy daqiqalarda ikki bor gol urdi. O‘zbekistonlik xokkeychilar farqni qisqartirishga harakat qilishdi va bir necha bor hisobni tenglashtirishga yaqin bo‘lishdi.

Lekin hal qiluvchi lahzalarda yetarli diqqatni jamlay olmadilar. Qirg‘iz jamoasi yakuniy daqiqalarda ustunlikni saqlab qoldi.

Bu mavsum ochiq chempionat formatida o‘tkazilayotgan birinchi mavsumdir. Bungacha musobaqalar faqat o‘zbekistonlik jamoalar o‘rtasida kechgan.

Qirg‘iziston jamoalarining qo‘shilishi mintaqada xokkeyni rivojlantirish va o‘yinchilarning mahoratini oshirishga qaratilgan. Shuningdek, musobaqa 2026-yilgi o‘smirlar va kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatiga tayyorgarlik bosqichi sifatida ko‘rilmoqda.

Ertaga Humo yana Uchur jamoasiga qarshi o‘ynaydi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 19:30 da boshlanadi.

Jamoa mavsumdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritish va mag‘lubiyat uchun revansh olishga umid qilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Humo O‘zbekiston ochiq chempionatida mag‘lub bo‘ldi