WhoScored: Olise vingerlar reytingida ikkinchi bo‘ldi, Rafinya beshinchi

WhoScored: Olise vingerlar reytingida ikkinchi bo‘ldi, Rafinya beshinchi
Mashhur statistik WhoScored portali joriy mavsumda Yevropaning besh kuchli chempionatida to‘p surayotgan eng yaxshi vingerlar reytingini e’lon qildi. Reytingda katta farq bilan «Barselona»ning 18 yoshli Lamin Yamal birinchi o‘rinni egalladi — uning La Ligadagi o‘yini 8,34 ballga baholangan.

Ikkinchi va uchinchi pog‘onalardan «Bavariya» futbolchilari Maykl Olise (7,85) hamda Luis Dias (7,67) joy oldi. To‘rtinchi o‘rinda «Marsel» vakili Meyson Grinvud (7,58) qayd etildi, kuchli beshlikni esa «Barsa» yulduzi Rafinya Dias (7,47) yakunladi.

Lamin Yamal Ispaniya chempionatidagi 14 uchrashuvda 7 ta gol urib, 8 ta golli uzatma berdi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar