date

«MYU» Bruno Fernandesh qachon qaytishini ma’lum qildi


«Manchester Yunayted» sardori Bruno Fernandesh jarohat sabab safdan chiqdi. Portugaliyalik futbolchi APLda «Aston Villa»ga qarshi o‘yinda jarohat oldi va tanaffusda almashtirildi.

Jurnalist Saymon Stoun xabariga ko‘ra, «MYU» 31 yoshli yarim himoyachi «Manchester Siti»ga qarshi o‘yinga qadar tiklanadi, deb hisoblamoqda. Derbi 17-yanvar kuni «Old Trafford»da bo‘lib o‘tadi.

Shu tariqa, hammasi reja bo‘yicha ketsa, Fernandesh «qizil iblislar»ning besh uchrashuvini o‘tkazib yuboradi: «Nyukasl»ga qarshi (26.12), «Vulverhempton»ga qarshi (30.12), «Lids»ga qarshi (04.01), «Byornli»ga qarshi (07.01) va «Brayton»ga qarshi (Angliya kubogi, 11.01). Yarim himoyachining Ruben Amorim jamoasidagi joriy mavsumda 18 o‘yinda 5 ta gol va 7 ta golli uzatmasi bor.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » «MYU» Bruno Fernandesh qachon qaytishini ma’lum qildi