date

Flik «Barselona»dan yanvarda himoyachi transferini so‘radi


«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik qishki transfer oynasida tarkibni kuchaytirishni istamoqda. Sport xabariga ko‘ra, germaniyalik mutaxassis klub rahbariyatiga yanvar oyida yangi markaziy himoyachini imzolash zarurligini bildirgan.

Shuningdek, Flik qanot himoyachilari bilan bog‘liq vaziyatdan ham xavotirda, shu bois transfer bozorida ehtimol, qanotda ham o‘ynay oladigan markaziy himoyachiga ustuvorlik beriladi. «Barselona» La Liga turnir jadvalida 46 ochko bilan peshqadam bo‘lib turibdi.

Kataloniyaliklar Madridning «Real»idan (42), «Atletiko»dan (37) va «Vilyarreal»dan (35) oldinda. Yaqinda matbuotda kataloniyalik grandning joriy qishda «arzonroq» himoyachini transfer qilish niyati borligi haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Flik «Barselona»dan yanvarda himoyachi transferini so‘radi