«Roma» «Chelsi» himoyachisi Disasi bo‘yicha muzokara olib bormoqda

«Roma» «Chelsi» himoyachisi Disasi bo‘yicha muzokara olib bormoqda
Qisqacha

Aksel Disasi qishki transfer oynasida «Chelsi»dan «Roma»ga o‘tishi mumkin, tomonlar hozirda muzokara olib bormoqda. 27 yoshli fransiyalik himoyachi mavsum boshlanishidan avval Entso Mareska tomonidan asosiy jamoa tarkibidan chiqarib tashlangan. Transfermarkt uning narxini 15 mln yevroga baholagan, joriy mavsumda Disasi «Chelsi»ning asosiy tarkibida maydonga tushmagan. «Roma» A Seriya turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.

«Chelsi»ning markaziy himoyachisi Aksel Disasi qishki transfer oynasida «Roma»ga o‘tishi mumkin. «Ko‘klar» mavsum boshlanishidan avval bosh murabbiy Entso Mareska tomonidan asosiy jamoa tarkibidan chiqarib tashlangan fransiyalik futbolchini sotishga umid qilmoqda.

Jurnalist Nikolo Skira ma’lumotiga ko‘ra, yaqinda 27 yoshli futbolist «Roma»ga taklif qilingan va rimliklar bunga qiziqish bildirgan. Hozirda tomonlar muzokara olib bormoqda.

Transfermarkt portali bahosiga ko‘ra, Aksel Disasining narxi 15 mln yevroni tashkil etadi. Joriy mavsumda u «Chelsi»ning asosiy tarkibida biror marta ham maydonga tushmagan.

«Roma» A Seriya turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar