Chukvueze: «Milan»da Ibragimovich fikriga hamma quloq tutadi

Hozirda Angliyaning «Fulhem» klubida to‘p surayotgan Samuel Chukvueze o‘ziga tegishli huquqlar «Milan»ga qarashli ekanini eslatib, klubdagi ishlar qanday yo‘lga qo‘yilgani haqida gapirdi. Chukvuezening aytishicha, «rossoneri» rahbariyati Zlatan Ibragimovichning fikriga juda diqqat bilan quloq tutadi.
«Ibragimovich — u yerda xizmatlari va mentaliteti uchun hamma hurmat qiladigan inson. Hamma Zlatan nima deyayotganiga quloq tutadi.
U klubga yangi kelganlarni ham, yosh futbolchilarni ham ruhlantira oladi», — deya Chukvueze so‘zlarini pianetamilan.it keltiradi. Hozir «rossoneri» Italiya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing