date

Modrich faoliyatini «Real»da yakunlamoqchi edi, klub rozi bo‘lmadi


«Milan» yarim himoyachisi Luka Modrich oxirigacha Madridning «Real»ida qolishidan umid qilgan. Xorvatiyalik futbolchi «qaymoqranglilar» safida 13 yil to‘p surdi.

Yulduzli yarim himoyachi hech qayerga ketmoqchi emasdi, biroq klub o‘tgan yozda tajribali futbolchidan voz kechishga qaror qildi. El Mundo xabariga ko‘ra, Modrich bir necha bor «Real» rahbariyatiga Madridda faoliyatini yakunlash imkoniyati uchun maosh bo‘yicha talablarini kamaytirishga tayyorligini bildirgan.

Poytaxt grandi rahbarlari esa qat’iy turib oldi va Gyuler, Tchuameni, Kamavinga hamda Valverdega tayanishni afzal ko‘rdi. Bosh murabbiy Xabi Alonso Luka Modrichni jamoada olib qolishni istagan, ammo bu vaziyatda qaror ko‘p jihatdan uning qo‘lida emasligini bilgan.

Sentyabr oyida «Milan»ning hozirgi yetakchisi 40 yoshga to‘ldi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Modrich faoliyatini «Real»da yakunlamoqchi edi, klub rozi bo‘lmadi