
Bugun Dubayda Al Ain Cup turnirining final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Ushbu bahsda O‘zbekiston milliy terma jamoasi Eron bilan maydonga tushadi.
Uchrashuv soat 21:00 da, Toshkent vaqti bilan boshlanadi. Jamoamiz murabbiylar shtabi o‘yinning asosiy tarkibini e’lon qildi.
Bosh murabbiy avvalgi o‘yindagi tarkibni deyarli o‘zgartirmasdan, tajriba va o‘zaro o‘yin uyg‘unligiga tayanishga qaror qilgan. Dastlabki daqiqalardan quyidagi futbolchilar maydonga tushadi: Abduvohid Nematov, Abduqodir Husonov, Farrux Sayfiev, Otabek Shukurov, Odil Hamrobekov, Aziz G‘aniev, Oston O‘runov, Sherzod Nasrullayev, Eldor Shomurodov, Abdulla Abdullayev, Husniddin Aliqulov.
Eron jamoasi tarkibi quyidagicha: Alirizo Beyronvand, Solih Hardoni, Majid Husayni, Shojai Xalilzoda, Milod Muhammad, Said Izzatullohi, Saman Goddos, Mehdi Gaye‘di, Mehdi Taremi, Amirhusayn Husaynzoda, Ali Alipur.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.