date

Modrich Fiorentinaga qarshi Milan asosiy tarkibida boshlamaydi

Modrich Fiorentinaga qarshi Milan asosiy tarkibida boshlamaydi

A Seriyaning 20-turida “Milan” turnirning autsayderlaridan biri bo‘lgan “Fiorentina”ga qarshi maydonga tushadi. Jamoa bosh murabbiyi Massimiliano Allegri Luka Modrich uchrashuvni asosiy tarkibda boshlamasligini bildirib o‘tdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Allegri so‘zlariga ko‘ra, tajribali yarim himoyachi katta ehtimol bilan zaxira o‘rindig‘idan o‘yinga qo‘shiladi va maydonga keyinroq chiqadi. “Modrich? Ko‘ramiz. Menimcha, u startda bo‘lmaydi, o‘yinni zaxirada boshlaydi”, — deya murabbiy fikrini pianetamilan.it keltirdi.

Bunday qarorga taqvim zichligi ham ta’sir qilgan: “Milan” avvalgi uchrashuvini atigi uch kun oldin “Jenoa”ga qarshi o‘tkazgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Modrich Fiorentinaga qarshi Milan asosiy tarkibida boshlamaydi