date

Diyora Keldiyorovaning qalbni titratgan ilhom manbai

Diyora Keldiyorovaning qalbni titratgan ilhom manbai

Instagram ijtimoiy tarmog‘ida jadal tarqalayotgan videoda o‘zbekistonlik dzyudochi, 2 karra Osiyo chempioni, 3 karra Jahon chempionati sovrindori Diyora Keldiyorova o‘zining bolalikdan buyongi hayot yo‘li va qiyinchiliklari haqida samimiy so‘zlab beradi.

Videoda u shunday deydi:

"Men qish faslini yaxshi ko‘rmasdim. Chunki krossovkam bo‘lmasdi. Yugurish uchun ko‘chada rulon paket kiyib, shunda mashq qilardim. Sportdan boshqa qo‘limda hayotimni o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan hech narsam yo‘q edi. Mana shu sport menga kuch bo‘ldi, mening taqdirimni o‘zgartirdi."

Diyoraning aytishicha, u oddiy ishchi oilasida tug‘ilgan va hamisha mehnat bilan ulg‘aygan:

"Ota-onam doim aytishardi: 'Grantga kirsan, o‘qitamiz', deb. Sport esa menga grantga kirishda, chet elga chiqishda, eng muhimi — hayotda katta maqsad qo‘yishda tirgak bo‘ldi."

U o‘z chiqishida barcha ayollar va qizlarga quyidagi ilhomli so‘zlarni yo‘llaydi:

"Bilinglar, ayollar, qizlar — hayotingizda moddiy imkoniyatlar bo‘lmasligi mumkin, ammo ichki kuchingiz juda katta. Bu kuchni bizga yaratgan Olloh bergan. Faqat o‘zingizga ishoning va oldinga dadil qadam tashlang."

Diyoraning ta’sirli va qalbdan chiqqan so‘zlari muxlislar va keng jamoatchilik orasida kuchli taassurot qoldirdi, unga nisbatan minglab qo‘llab-quvvatlovlar yomg‘irdek yog‘ilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Diyora Keldiyorovaning qalbni titratgan ilhom manbai