
PSJning o'ng qanot himoyachisi Ashraf Hakimi 2025 yilda Afrikaning eng yaxshi futbolchisi deb e'tirof etildi. Marokashlik futbolchi final ovoz berishda "Liverpul"dan Misr vakili Muhammad Saloh va "Galatasaray"dan nigeriyalik Viktor Osimhenni ortda qoldirdi.
Qiziq tomoni shundaki, Hakimi 2024 va 2023 yillarda Ademoʻla Lukman va aynan Viktor Osimhenga yutqazib, ikkinchi oʻrinda qolgan edi. PSJ sardori oxirgi 27 yil ichida bu mukofotni qoʻlga kiritgan birinchi marokashlik futbolchi boʻldi.
2024/25 mavsumida Ashraf Hakimi Parij jamoasiga ilk bor Chempionlar Ligasi kubogini qoʻlga kiritishda yordam berdi. Luis Enrike boshchiligidagi PSJ ichki musobaqalarning barchasida gʻolib chiqdi va Klublar oʻrtasidagi Jahon chempionati finaliga qadar yetib bordi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.