date

Real Madrid Militaoning jarohatini tasdiqladi


Madridning "Real" klubi himoyachi Eder Militaoning jarohati borasida rasmiy maʼlumot berdi. Klub matbuot xizmatining xabariga koʻra, braziliyalik futbolchi oʻng oyogʻining katta olib keluvchi mushaklaridan jarohat olgan.

Uning tiklanish muddati haqida hozircha aniq maʼlumot berilmagan. Eslatib oʻtamiz, Militao Braziliya terma jamoasi safida Tunisga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida jarohat olgan edi.

Uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlangan boʻlib, Eder ikkinchi boʻlimda maydonni tark etdi. Joriy mavsumda Militao "Real" tarkibida rasmiy musobaqalarda 13 ta oʻyinda maydonga tushdi, bu oʻyinlarda u bir gol va bir golli uzatma muallifi boʻldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Real Madrid Militaoning jarohatini tasdiqladi