
Yuventus klubi vakili Jorjo Kyellini jamoa yarim himoyachisi Kenan Yildizning kelajagi haqida fikr bildirdi. "Biz Kenan Yildiz bilan yangi shartnoma ustida ishlayapmiz, shuning uchun xotirjam bo'ling.
Barcha tomonlar bir xil maqsadga ega, biz hamkorlikni davom ettirishni rejalashtiryapmiz," — dedi Kyellinining so'zlarini keltirmoqda jurnalist Fabritsio Romano. Kenan Yildiz 2022 yildan beri Yuventus safida o'ynab kelmoqda.
Joriy mavsumda 20 yoshli turk futbolchisi barcha musobaqalarda 14 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Yildizning amaldagi shartnomasi 2029 yilning o'rtasiga qadar mo'ljallangan.
Transfermarkt ekspertlariga ko'ra, futbolchining qiymati 75 million yevroga baholangan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.