date

Milan, Roma va Sevilya Asensioni kuzatmoqda


Fenerbaxche jamoasining hujumkor yarim himoyachisi Marko Asensio bir nechta Yevropa klublarining eʼtiborini tortdi. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.

Manbaning maʼlumotiga ko‘ra, Milan ispaniyalik futbolchini tarkibga qo‘shmoqchi, biroq Fenerbaxche uni sotishni rejalashtirmayapti. Roma va Sevilya ham ushbu holatni kuzatmoqda, lekin Fenerbaxchening pozitsiyasi aniq: yanvarda savdo amalga oshirilmaydi.

Bundan tashqari, futbolchining o‘zi ham klubdan ketish niyatida emas. Asensio o‘tgan yozda turk jamoasiga qo‘shilgan edi.

Shu vaqt mobaynida 29 yoshli yarim himoyachi barcha musobaqalarda 12 o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Milan, Roma va Sevilya Asensioni kuzatmoqda