
4-dekabr kuni Kobul shahrida xalqaro badminton turniri boshlanadi, deb xabar bermoqda TOLONews. Turnirda Afg'oniston sportchilari bilan bir qatorda O'zbekiston, Eron va Suriya vakillari ham ishtirok etadi.
Afg'oniston Badminton Federatsiyasi vakillarining ma'lum qilishicha, Suriya va O'zbekiston sportchilari allaqachon poytaxtga yetib kelishgan. Ushbu bosqichda jami 16 nafar sportchi, jumladan oltita xalqaro ishtirokchi qatnashadi.
Turnir o'yinlari Lemar TV telekanalida jonli efirda namoyish etiladi. Ilgari Afg'oniston Badminton Federatsiyasi Rossiya va Pokiston jamoalari bilan shunga o'xshash musobaqalar o'tkazgan edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.