date

«Liverpul» Londonda «Tottenhem»ni mag‘lub etdi (video)

«Liverpul» Londonda «Tottenhem»ni mag‘lub etdi (video)

"Liverpul" APLning 17-turida "Tottenhem" ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Mezbonlar safdan chiqqan ikki futbolchi – Xavi Simons va Romero tufayli o‘yin oxirida to‘qqiz kishi bo‘lib qoldi.

Shunga qaramay, "Tottenhem" Risharlisonning goli bilan intriganing o‘yin so‘nggigacha yashashiga sabab bo‘ldi. O‘yin boshlanganda keskin vaziyatlar kuzatilmagan bo‘lsa-da, mehmonlar maydonda nazoratni qo‘lga oldi.

"Tottenhem" esa Kudu orqali tezkor hujumlar uyushtirdi. Asosiy burilish nuqtasi Xavi Simonsning Van Deykka nisbatan qo‘pol o‘yini bo‘ldi.

VAR tizimi qayta ko‘rib chiqilgach, hakam Simonsga to‘g‘ridan to‘g‘ri qizil kartochka ko‘rsatdi. Shuningdek, "Liverpul" Vikario darvozasi oldida hujumlarni kuchaytira boshladi.

Ikkinchi taymda mersisaydliklar Isakni maydonga tushirdi va bu o‘z samarasini berdi. 57-daqiqada Isak Romero xatosidan foydalandi va hisobni ochdi.

Keyingi gol esa Frimpongning qanotdagi tezkor harakati sababli yuzaga keldi. Ekitike havodagi kurashda Romeroni yengib, hisobni 0:2 ko‘rinishiga olib keldi.

"Tottenhem" esa Kolo Muani orqali imkoniyat yaratdi, biroq uning zarbasi to‘singa tegib qaytdi. Mezbonlar o‘zgarishlar kiritib, hujumlarni kuchaytirdilar.

Risharlison mehmonlarning xatosidan foydalanib hisobni qisqartirdi. Biroq 90-daqiqada Romero ikkinchi sariq kartochkasini olib, maydondan chetlatildi.

Yakunda "Tottenhem" o‘yinni to‘qqiz kishi bo‘lib yakunladi va hisobni tenglashtirishga ulgurmasdan mag‘lub bo‘ldi.

Tottenhem — Liverpul 1:2

20 dekabr, «Tottenhem Stedium»

Gollar: Risharlison (83) — Isak (56), Ekitike (66).

Tottenhem — Vikario, Romero, van de Ven, Spens, Porro, Grey (Palinya, 71), Bentankur, Bergvall (Odober, 71), Quddus (Jonson, 58), Simons, Kolo-Muani (Risharlison, 80).

Liverpul — Alisson, van Deyk, Konate, Bredli (Isak 46, Frimpong 60, Keza 90), Kerkez, Soboslai, Gravenberh, Jons, Mak Allister, Virts (Nioni, 90+9), Ekitike (Robertson, 90+9).

Ogohlantirishlar: Romero (66), Konate (77), Soboslai (83), van de Ven (85), Bentankur (90+5), Mak Allister (90+8), Risharlison (o‘yindan so‘ng).

Chetlatishlar: Simons (33), Romero (90+3).

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » «Liverpul» Londonda «Tottenhem»ni mag‘lub etdi (video)