Ronaldu faoliyatini qachon yakunlash niyatida ekanini belgiladi

«Al-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu futbolchilik faoliyatini qachon tugatmoqchi ekani borasida aniq reja tuzgan. Jurnalist Ben Jeykobs xabariga ko‘ra, portugaliyalik yulduz amaldagi shartnomasi muddati yakunlanadigan 2027 yil yozida Saudiya klubini tark etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ko‘ra, aynan shu davrda Ronaldu katta ehtimol bilan professional futbol bilan ham xayrlashadi. O‘shanda «Oltin to‘p»ning besh karra sohibi 42 yoshda bo‘ladi.
Krishtianu 2023 yil boshidan beri «Al-Nasr» safida o‘ynamoqda. Hozir 40 yoshli hujumchi Saudiya Arabistoni chempionatida 16 uchrashuvda 16 ta gol urib, to‘purarlar poygasida yetakchilik qilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing