date

Yuventus Seviliya himoyachisi Xuanlu Sanchesni ko'zlamoqda

Yuventus Seviliya himoyachisi Xuanlu Sanchesni ko'zlamoqda

Turinning “Yuventus” klubi “Seviliya”ning o'ng qanot himoyachisi Xuanlu Sanchesni safiga qo'shib olish variantini ko'rib chiqmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jurnalist Janluka Di Marsio xabariga ko'ra, 22 yoshli futbolchi jamoada Per Kalulyuga muqobil sifatida ko'rilmoqda. Bitim faqat ispanlar futbolchini keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga berishga rozi bo'lsa amalga oshishi mumkin. Hozircha “Yuventus” to'liq transfer uchun tayyor emas.

Xuanlu Sanches “Seviliya” akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning “nervionliklar” bilan shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha mo'ljallangan. Joriy mavsumda himoyachi barcha musobaqalarda 19 o'yinda maydonga tushib, bitta assist qayd etdi. Transfermarkt portalida futbolchi qiymati 15 million yevroga baholanmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Yuventus Seviliya himoyachisi Xuanlu Sanchesni ko'zlamoqda