date

Yuventus Sevilya himoyachisi Xuanlu Sanchesni ko'zlamoqda

Yuventus Sevilya himoyachisi Xuanlu Sanchesni ko'zlamoqda

Turinning “Yuventus” klubi “Sevilya”ning o'ng qanot himoyachisi Xuanlu Sanchesni tarkibga qo'shib olish variantini ko'rib chiqmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jurnalist Janluka Di Marzio xabariga ko'ra, 22 yoshli futbolchi “Yuventus”da Pyer Kalyulyuga munosib zaxira sifatida ko'rilmoqda. Biroq kelishuv faqat “Sevilya” o'yinchini keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga berishga rozi bo'lsa amalga oshishi mumkin. Turin klubi hozircha to'liq transferni rasmiylashtirishga tayyor emas.

Xuanlu Sanches “Sevilya” akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning “nervionliklar” bilan shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha amal qiladi. Joriy mavsumda himoyachi barcha musobaqalarda 19 o'yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatma berdi. Transfermarkt portali futbolchini 15 million yevroga baholamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Yuventus Sevilya himoyachisi Xuanlu Sanchesni ko'zlamoqda