date

Balogun Gavrga qarshi o'yindan oldin qat'iy ogohlantirdi

Balogun Gavrga qarshi o'yindan oldin qat'iy ogohlantirdi

«Monako» hujumchisi Folarin Balogun Liga 1ning 19-turida «Gavr»ga qarshi bo'ladigan uchrashuv arafasida jamoaning kayfiyati va maqsadlari haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Forvardning aytishicha, monakoliklar bugungi raqibni hurmat qiladi, biroq safarda ham faqat g'alaba va uch ochko uchun maydonga tushmoqchi.

«Juda jismonan kuchli jamoaga qarshi og'ir o'yin bo'ladi. Biz xotirjam o'tirib, faqat «Real»ga qarshi o'tgan o'yinni o'ylab ham qolishimiz mumkin, lekin bu bizga yordam bermaydi», — deya Balogunning so'zlarini klub matbuot xizmati keltirdi.

Eslatib o'tamiz, hafta o'rtasida «Monako» Chempionlar ligasida Madridning «Real» klubidan 1:6 hisobida yirik mag'lubiyatga uchragan edi.

18 turdan so'ng «Monako» 23 ochko bilan turnir jadvalida 9-o'rinda bormoqda. «Gavr» — «Monako» bahsi 24-yanvar kuni raqib maydonida bo'lib o'tadi va 23:00 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Balogun Gavrga qarshi o'yindan oldin qat'iy ogohlantirdi