Al-Nasr Ronalduni 2027 yildan keyin ham ushlab qolmoqchi

Hujumchi Krishtianu Ronaldu 2027 yil yozida, jamoa bilan shartnomasi yakunlangach, «Al-Nasr»ni tark etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jurnalist Ben Jeykobsning ma'lumotiga ko'ra, Saudiya Arabistoni portugaliyalik yulduzni mamlakatda saqlab qolish uchun uni klub egalaridan biriga aylantirish variantini ko'rib chiqishi mumkin. Xususan, Ronalduning «Al-Nasr»dagi hozirgi ulushini 15 foizgacha oshirish g'oyasi muhokama qilinmoqda. Liga rahbariyati esa u ketib qolgan taqdirda jahon miqyosidagi qiziqish keskin pasayib ketmasligi uchun turli ssenariylarni o'rganmoqda.
Ronaldu 2023 yilda erkin agent sifatida «Al-Nasr»ga kelgandi. Joriy mavsumda u Saudiya klubi safida 20 ta uchrashuv o'tkazib, 17 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!