date

Marselo Brozovich yozda Al-Nasrni tark etishi kutilmoqda

Marselo Brozovich yozda Al-Nasrni tark etishi kutilmoqda

Yarim himoyachi Marselo Brozovich Saudiya Arabistonining «Al-Nasr» klubidan ketishga yaqin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

365Scores Arabic xabariga ko'ra, klub 33 yoshli futbolchi bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda. Xorvatiyalik futbolchi esa kelishuv bo'yicha aniq siljish bo'lmayotganidan norozi va agentiga Yevropadagi variantlarni ko'rib chiqishni topshirgan.

Brozovich 2023 yilda «Inter»dan «Al-Nasr»ga 15 million yevro evaziga ko'chib o'tgandi. Uning amaldagi shartnomasi 2026 yil 30 iyungacha mo'ljallangan. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 22 o'yinda maydonga tushib, 1 gol urdi va 4 assist qayd etdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Marselo Brozovich yozda Al-Nasrni tark etishi kutilmoqda