Rogbid akkumulyatori 100 kungacha yetadigan SpinX soatlarini taqdim etdi

1 daqiqa o'qish181
Rogbid akkumulyatori 100 kungacha yetadigan SpinX soatlarini taqdim etdi

"Rogbid" brendi o'zining yangi "SpinX" aqlli soatini namoyish etdi. Qurilmaning asosiy o'ziga xosligi interfeys va ilovalarni boshqarishni osonlashtiradigan maxsus aylantirish g'ildiragidir. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Shuningdek, soat 1100 mAs sig'imli kuchli akkumulyator bilan jihozlangan bo'lib, u faol rejimda 40 kun, kutish rejimida esa 100 kungacha ishlash imkonini beradi.

Rogbid akkumulyatori 100 kungacha yetadigan SpinX soatlarini taqdim etdi

Yangi model 466x466 pikselli 1,43 dyuymli AMOLED-displeyga ega bo'lib, Adobe RGB rang maydonini 99,5 foizga qamrab oladi. Qurilmaga uch xil rejimda ishlaydigan o'rnatilgan fonarcha ham joylashtirilgan.

"Rogbid SpinX" Bluetooth 5.4 texnologiyasini qo'llab-quvvatlaydi, bu orqali qo'ng'iroqlarni amalga oshirish va musiqa boshqarish mumkin. Maxsus datchiklar sutka davomida puls va qondagi kislorod miqdorini o'lchab boradi, shuningdek, uyqu monitoringini amalga oshiradi.

Sportchilar uchun 100 dan ortiq mashg'ulot rejimlari, kompas va 3ATM suvdan himoya tizimi ko'zda tutilgan. Qurilma AQShning MIL-STD-810H harbiy standarti talablariga javob beradi.

Hozirda ushbu aqlli soatning narxi 50 dollar etib belgilangan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?