date

Asus kompaniyasi videokartalar erib ketishining oldini oluvchi maxsus kabelni taqdim etdi

Asus kompaniyasi videokartalar erib ketishining oldini oluvchi maxsus kabelni taqdim etdi

"Asus" kompaniyasi 12V-2x6 va 12VHPWR konnektorli videokartalar uchun mo'ljallangan yangi "ROG Equalizer" quvvat kabelini bozorga chiqardi. Ishlab chiqaruvchi ushbu yangilikni kontaktlar o'rtasida tok taqsimotini tenglashtiruvchi apparat himoyasi sifatida taqdim etmoqda. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Bu yechim konnektorning qizib ketishi va erib ketishi xavfini sezilarli darajada kamaytiradi.

AQSh bozorida kabelning narxi 50 dollar etib belgilandi. O'tkazilgan test sinovlarida "FurMark" dasturi orqali 600 Vt yuklama berilganda, konnektor harorati standart kabellarga qaraganda 9 darajaga past bo'lgani qayd etildi.

Sinovlar "GeForce RTX 5090D" videokartasi va "ROG Strix 1200W Platinum" quvvat bloki yordamida amalga oshirildi.

"ROG Equalizer" alohida aksessuar sifatida sotilishi bilan birga, 2026 yilgi "ROG Thor III" va "ROG Strix Platinum" quvvat bloklari jamlanmasiga ham kiritiladi. Mutaxassislarning ta'kidlashicha, kabel ancha qattiq tuzilishga ega bo'lib, uni ixcham korpuslar ichida ehtiyotkorlik bilan joylashtirish talab etiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Asus kompaniyasi videokartalar erib ketishining oldini oluvchi maxsus kabelni taqdim etdi