date

Chernobil kompyuter virusi 60 million qurilmani zararlaganiga 27 yil to'ldi

Chernobil kompyuter virusi 60 million qurilmani zararlaganiga 27 yil to'ldi

Bugun dunyo tarixidagi eng mashhur kiberhujumlardan biri sodir bo'lganiga 27 yil to'ldi. 1999 yil 26 aprel kuni «Chernobil» nomi bilan tanilgan CIH (yoki WIN95.CIH) virusi butun dunyo bo'ylab yuz minglab kompyuterlarda o'zining vayronkor mexanizmini ishga tushirgan edi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Ushbu zararli dastur qattiq disklardagi ma'lumotlarni yo'q qilib, ko'plab qurilmalarning BIOS tizimiga shikast yetkazgan.

CIH virusi 1998-yilda tayvanlik talaba Chen Inxau tomonidan yozilgan. Ochiq ma'lumotlarga ko'ra, ushbu virus taxminan 60 millionta shaxsiy kompyuterni zararlashga ulgurgan va global miqyosda 40 million dollar atrofida zarar keltirgan.

Dasturning xavfliligi shunda ediki, u ijro etuvchi fayllar ichiga yashirinib, ularning hajmini o'zgartirmasdan tizimga past darajadagi kirish huquqini qo'lga kiritgan.

Virus faollashgan paytda asosiy zarbani yuklovchi diskning birinchi megabaytiga bergan va bu ma'lumotlarni o'qib bo'lmaydigan holatga keltirgan. Shundan so'ng u ona plataning BIOS qismiga keraksiz ma'lumotlarni yozishga uringan.

Natijada ko'plab tizimlar BIOS chipini almashtirmasdan turib ishlamaydigan holatga kelgan. Hujumdan asosan Windows 95, Windows 98 va Windows ME operatsion tizimlarida ishlovchi kompyuterlar jabr ko'rgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Chernobil kompyuter virusi 60 million qurilmani zararlaganiga 27 yil to'ldi