Kalvert-Lyuin Kukurelyaning sochidan tortgani uchun jazolanmadi

Kalvert-Lyuin Kukurelyaning sochidan tortgani uchun jazolanmadi
Qisqacha

Angliya kubogi yarim finalida "Lids" hujumchisi Dominik Kalvert-Lyuin "Chelsi" himoyachisi Mark Kukurelyaning sochidan tortgan bo'lsa-da, hakamlar tomonidan jazolanmadi. VAR tizimi vaziyatni uzoq ko'rib chiqqaniga qaramay, yakunda futbolchiga nisbatan hech qanday intizomiy chora ko'rilmasligi jamoatchilikning keskin e'tiroziga sabab bo'ldi. Muxlislar va ekspertlar avvalroq shunga o'xshash holatda boshqa futbolchi chetlatilganini eslab, hakamlarning qarorlaridagi qarama-qarshilikni tanqid qilmoqdalar. Hozircha hakamlar qo'mitasi ushbu bahsli vaziyat yuzasidan rasmiy munosabat bildirmadi.

Angliya kubogi yarim finali doirasida «Uembli» stadionida bo'lib o'tgan «Lids» va «Chelsi» jamoalari o'rtasidagi bahsda hakamlik bilan bog'liq bahsli vaziyat yuzaga keldi. «Lids» hujumchisi Dominik Kalvert-Lyuin raqib himoyachisi Mark Kukurelyaning sochini tortgan bo'lsa-da, maydonda qolishga muvaffaq bo'ldi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Ushbu holat VAR tizimi orqali uzoq vaqt davomida ko'rib chiqildi. Videotakrorlarda hujumchi «Chelsi» a'zosiga nisbatan qo'pollik ishlatgani aniq ko'ringan bo'lsa-da, hakamlar brigadasi futbolchini jazolashga asos topa olmadi.

Kalvert-Lyuin Kukurelyaning sochidan tortgani uchun jazolanmadi

Yakunda Kalvert-Lyuin hech qanday intizomiy chorasiz o'yinni davom ettirdi.

Mazkur voqea jamoatchilik orasida katta muhokamalarga sabab bo'ldi. Sababi, atigi ikki hafta oldin Premyer-liga doirasidagi «Manchester Yunayted» va «Lids» uchrashuvida Lisandro Martines aynan Kalvert-Lyuinning sochini tortgani uchun maydondan chetlatilgan edi.

Kalvert-Lyuin Kukurelyaning sochidan tortgani uchun jazolanmadi

Ekspertlar va muxlislar bir xil turdagi qoidabuzarlik uchun ikki xil qaror qabul qilinganidan norozi bo'lishmoqda. Hozircha hakamlar qo'mitasi ushbu qarama-qarshi qarorlar yuzasidan rasmiy munosabat bildirmadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar