Karpin Golovinga bergan maslahatlari hazil va kinoya ekanini aytdi

Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Valeriy Karpin “Monako” yarim himoyachisi Aleksandr Golovinga “Real”ga qarshi o‘yin oldidan maslahat bergani haqidagi gaplariga izoh berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Eslatib o‘tamiz, 20-yanvar kuni “Monako” Chempionlar ligasi doirasida Madridda “Real”ga 1:6 hisobida yutqazdi. Uchrashuv oldidan Karpin rossiyalik futbolchi bilan tushgan suratni joylab, unga bir nechta tavsiya berganini bildirgandi.
Karpin o‘sha bahsni stadionda kuzatganini, biroq natija omadsiz chiqqanini ta’kidladi. Murabbiyning aytishicha, Golovinga aytgan “maslahati” asosan hazil va kinoya bo‘lgan: “Men unga nima ham dey olardim? Buning uchun uning murabbiyi bor”, — deya Karpinning so‘zlarini “Chempionat” keltirdi.
Golovin joriy mavsum Fransiya Liga 1 musobaqasida 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va yana 1 ta golga uzatma muallifi bo‘ldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!